Koronavirus bemorlari soni 214 nafarga ortib, jami 16966 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Qoroqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va Navoyi viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Adhamjon Dexkanov vafot etganini, hamda unda COVID-19 infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi.
Vafot etgan yana bir nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.
Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 14787 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (53), Toshkent shahrida (101) Surxondaryo viloyatida (35) va Qoraqalpog‘istonda (17) qayd etildi. Shu bilan birga, COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 72 nafarga yetdi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 37 yoshli pskentlik bemor (erkak kishi) o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 69 nafarga yetdi.
Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 68 nafarga yetdi.
Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin hayotdan ko‘z yumdi. Kun davomida 4, umumiy 67 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 yoshli qashqadaryolik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 64 nafarga yetdi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 61 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting